Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim bo‘yicha o‘qitishga hujjatlar qabuli boshlandi


Respublikadagi davlat oliy ta'lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot bo‘yicha o‘qitishga nomzodlardan ariza qabul qilish boshlandi.
 
Talabgorlar o‘z arizasini Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining ikkinchitalim.edu.uz  platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazadi.
 
Bunda nomzodlar o‘zining pasport ma'lumotlari, JShShIR, yashash manzili, ma'lumoti haqida axborotlarni kiritadi, diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi hamda o‘qish istagini bildirgan oliy ta'lim muassasasi va ta'lim yo‘nalishini tanlaydilar.
 
Bakalavr va diplomli mutaxassis darajasiga ega bo‘lgan shaxslar  bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumotni olishlari mumkin.
 
OTM qabul komissiyasi tomonidan nomzodning birinchi ma'lumoti bilan taqqoslagan holda o‘quv reja va dasturlaridagi farqlar aniqlanadi hamda shu asosida ta'lim muassasasida o‘qitish kursi (birinchi yoki ikkinchi kursdan yuqori bo‘lishi mumkin emas) belgilanadi.
 
Ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
 
Arizalar ikkinchitalim.edu.uz onlayn platformasi orqali 30 avgustga qadar qabul qilinadi.
 
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-At_x0dG7MLtiw