Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Farg‘ona vodiysida "Technovation Girls" onlayn treninglariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi


COVID-19 pandemiyasi yer yuzidagi va O‘zbekistondagi yoshlarni XXI asrda o‘zlarini anglab, muvaffaqiyatli karera uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatiga ta'sir qilmoqda.  
 
12 avgust - Xalqaro yoshlar kuniga bag‘ishlab, 2016 yildan beri amalga oshirilib kelinayotgan "Technovation Girls" xalqaro dasturi BMT Taraqqiyot dasturining "Farg‘ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg‘unligi" loyihasi bilan birgalikda Andijon, Namangan va Farg‘onadagi qizlar va ularning ustozlari uchun bepul onlayn treninglari uchun tanlov e'lon qiladi. 
 
Treninglar maqsadi 16-18 yoshdagi qizlarga axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga ko‘maklashish, ular orasida STEM sohasini mukammal targ‘ib qilish, gender tenglikni mustahkamlash, ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, sifatli ta'lim berish va STEMda ayollar va qizlar jamiyatini yaratish orqali mintaqada innovatsiyalarni kashf qilishdan iboratdir. Ta'kidlash lozimki, IT va texnologiyalar kelajakdagi dolzarb kasblardandir! Olingan bilimlar qizlarga raqobatdosh mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlariga imkon beradi.
 
Treninglar shuningdek mentorlar (ustoz) uchun ham o‘tkaziladi. 19 dan 32 yoshgacha bo‘lgan talabalar, o‘qituvchilar, IT-mutaxassislar mentorlikka da'vogar bo‘lishlari mumkin.
 
Technovation Fergana Valley dasturi 4 oylik onlayn-mashg‘ulotlardan iborat bo‘ladi. Vebinarlar mahalliy va xalqaro ekspertlar tomonidan quyidagi mavzularda o‘tkaziladi:
 
  mobil ilovalarni dasturlash;
  biznes-reja yaratish;
  video tasvirga tushirish;
  taqdimotlar tayyorlash;
  mentorlik;
  IT sohasidagi karera;
● Barqaror Rivojlanish Maqsadlari.
 
Ishtirokchilar va mentorlar tanlov asosida saralanib olinadi. Arizalar faqat Farg‘ona vodiysi aholisidan 20-avgustga qadar www.technovation.uz saytida qabul qilinadi.
 
O‘zbekistonning qolgan hududlar uchun TechnovationGirls-2021 tanloviga ro‘yhatdan o‘tish 2020 yilning oktabr oyida boshlanadi.Covid-19
 
Mazkur imkoniyatdan foydalaning! Covid-19 pandemiyasi sharoitida uydan turib ishlang va ishtirok eting. Biz bilan birga bilim va ko‘nikmalaringizni oshiring.
 
Onlayn-treninglar Farg‘ona vodiysida BMT Taraqqiyot dasturining "Farg‘ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg‘unligi" loyihasi ko‘magida o‘tkaziladi.
 
O‘zbek tilidagi video anons: https://www.youtube.com/watch?v=X6lA7NxZtPA
 
https://www.youtube.com/watch?v=Ajclzt5oFWsTechnovation Girls haqida:
 
Technovation Girls - yer yuzidagi qizlar uchun eng katta va mashhur texnologik dasturdir. Dastur veb-sayti: https://technovationchallenge.org. U O‘zbekistonda 2016 yildan beri amalga oshirilmoqda. Ushbu davrda 120 ta jamoa mobil ilovalarni yaratdi. 200 dan ortiq qizlar 200 nafar murabbiylar ko‘magida treninglarda ishtirok etdilar, 50 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi.
 
Technovation ishtirokchilari, Toshkent shahri va boshqa viloyatlardagi 10-18 yoshli qizlar, Barqaror Taraqqiyot Maqsadlaridagi yo‘nalishlarida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarni texnologiyalar yordamida hal etib, mobil ilovalarni yaratishni o‘rganadilar.
 
Jamoalarni tadbirkorlar, o‘qituvchilar, universitet talabalari va IT mutaxassislaridan tarkib topgan mentorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Har bir jamoa mobil dasturni yaratadi, loyiha uchun biznes-reja yozadi, loyiha haqida video film suratga oladi va tanlov yakunida (finalda) o‘z loyihasini taqdim etadi.
 
@Jurnalist04