Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Prezident Shavkat Mirziyoyevning inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi ishtirokchilariga tabrigi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 30 iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining birinchi bandiga muvofiq pandemiya sharoitida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”ga) kiritilgan va a'zolari 1,7 million nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilalarga respublika byudjetidan bir martalik moddiy yordam puli berilishi va ushbu to‘lovlarni 15 avgustgacha amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Ma'lumki, joylardagi 4ta sektor rahbarlari tomonidan “temir daftar”ga kiritilgan moddiy yordam va ko‘makka muhtoj 400 mingdan ko‘proq oilaning bandligini ta'minlash orqali daromad manbaini yaratish choralari ko‘rilmoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida sektor rahbarlarining tavsiyasi va ushbu oilalarning yozma roziligi bilan 160 ming atrofidagi oilalar “temir daftar”dan chiqarilgan va ularning o‘rniga yana shuncha ehtiyojmand va moddiy ko‘makka muhtoj oilalar kiritilgan.
Farmon qabul qilinishi bilan sektor rahbarlari tomonidan bir martalik moddiy yordam pullarini ehtiyojmand oilalarga yetkazish bo‘yicha nomma-nom ro‘yxat shakllantirildi.
Joriy yil 10 avgustidan boshlab joylarda sektor rahbarlari tomonidan to‘lovlarni yetkazish ishlari boshlandi.