Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Test sinovlari 2-sentyabrdan boshlandi va kuniga 2 marta, havo salqin paytda o‘tkazildi.


Bunda, test sinovlari birinchi smenada 08:00 dan 11:00 gacha, ikkinchi smenada 17:00 dan 20:00 gacha bo‘lib o‘tdi.
 
Test sinovlari Farg‘ona viloyatida 10 kunda (11 sentyabr  kuni), Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida 11 kunda (12 -sentyabr kuni), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida 12 kunda (13 sentyabr  kuni) yakunlandi.
 
Test sinovlarida bir smenada 1975 ta guruhda 59 250 nafar abituriyent, bir kunda 3950 ta guruhda 118 500 nafar abiturient ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ko‘rildi.
 
Jarayonga guruh nazoratchisi sifatida 3 705 nafar pedagog xodimlar jalb etildi.
 
Bu haqda DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov AOKAda o‘tkazilayotgan brifingda (https://t.me/aoka_uz/3350) ma'lum qildi.