Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan 1 mln 304 ming 194 nafar abituriyentdan 1 mln 240 ming 614 nafari (95,1 %) ishtirok etdi.


63 ming 580 nafari esa (4,9 %) turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok etmadi.
 Jami 1 187 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlaridan chetlatildi. Shundan 548 nafari hududga kirishda, 639 nafari esa test sinovi jarayonida aniqlangan.
 Jumladan, hududga kirishda (eng ko‘p kuzatilgan):
 
-367 nafar abituriyent telefon olib kirishga uringani;
-48 nafari shpargalka olib kirishga uringani;
-118 nafari o‘ringa o‘rin kirishga harakat qilgani;
-10 nafari hujjat soxtalashtirgani uchun.
 
Test sinovi jarayonida (eng ko‘p kuzatilgan):
 
-491 nafar abiturient telefondan foydalangani;
-68 nafari shpargalkadan foydalangani;
-27 nafari o‘ringa o‘rin kirgani uchun test sinovlaridan chetlatildi.
 
Qolgan abituriyentlar kalkulyator olib kirishga uringanligi, shaxsi tasdiqlanmaganligi, o‘zaro gaplashganligi, test materiallarini almashtirgani, test materiallarini olib chiqishga uringanligi kabi turli sabablar bilan test sinovlaridan chetlatilgan.