| | |
Saytdan izlash    
Qizlar bilan davra suhbati

  Namangan muhandislik - qurilish instituti Qurilish texnologiyasi fakulteti xotin-qizlar qo’mitasining raisi,” Chet tillar”kafedrasi katta o’qituvchisi N.Raimjanova tomonidan institut talabalar turar joyining majlislar zalida talaba-qizlari bilan davra suhbati o’tkazildi. Tadbirni fakultet dekani S.Razzaqov ochib, asosan, davomat, so’ngi paytlarda qizlar orasidagi yuz berayotgan noxush voqealar, tozalik va ijarada yashovchi talaba-qizlar haqida so’z yuritdi. Shuningdek, talabalarning kiyinish madaniyatiga e’tibor berish, ularning darslarda ishtirokini nazorat qilish, qizlar o’rtasida o’tkaziladigan turli bellashuvlarda qatnashishlarini tushuntirdi va mamlakatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarga ko’rsatilayotgan e’tiborni alohida ta’kidlab o’tdi. Tadbirda institut xotin-qizlar qo’mitasining raisi S.Atamirzayeva, fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini A.Mamadaliyev, “Chet tillar” kafedrasi mudiri f.f.n. N.Dosbayeva, kafedra katta o’qituvchisi F.Nuriddinovalar ishtirok etib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berdilar.

Sayt uchun tayyorlovchi: S.Rahmonberdiyeva

Qabul komissiyasi raislari
Prezident qaror va farmonlari
Mavzuga oid
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmpi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward