| | |
Saytdan izlash    
BITIRUVCHILAR DAVRASIDA

  NamMQI “Qurilish arxitektura” kafedrasi professor-o’qituvchilari Do’stlik akademik litseyi rahbariyati bilan kelishilgan holda bitiruvchilar o’rtasida kasbga yo’naltirish ishlari olib borildi. Ushbu tadbirda akademik litseyning aniq fanlar yo’nalishi bitiruvchilari va “Qurilish arxitektura” kafedrasi professor – o’qituvchilari ishtirok etdi. Tadbirni akademik litsey direktor o’rinbosari V.Davlatov ochib, Namangan muhandislik – qurilish instituti “Qurilish arxitektura” kafedrasi o’qituvchilarini bitiruvchilarga tanishtirdi. Kafedra mudiri p.f.n. A.Xamrakulov o’z so’zida kafedrada 5341000 – Qishloq hududlarini arxitekturа - loyihalashni tashkil etish yo’nalishi bo’yicha mutaxassislar tayyorlanishini, talabalarni o’qishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganini,shuningdek, qalamtasvir, rangtasvir va haykaltaroshlik fani xonasi, kompyuter sinflari, 3D printerlari mavjudligini ta’kidladi. Kafedra katta o’qituvchisi I.Yakubdjanov so’zga chiqib, birinchi navbatda arxitektura mutaxassisligiga to’xtaldi. Bugungi kunda mamlakatimiz qurilish arxitekturasi salohiyatini bino va inshootlardagi yaratuvchanlikning betakror ko’rinishlarida aks etayotganini misollar bilan tushuntirdi.Xususan, yurtboshimiz aholini uy-joy bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratar ekanlar, qurilish – arxitektura bu borada yetakchi soha ekani qayd etidi. Akademik litsey bitiruvchilari institutga kirish uchun fan va ijodiy imtihonlar haqida o’zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar oldilar. Masalan, ijodiy imtihonda qalam tasvir antik haykallarining turli qisimlarini mahorat bilan chizish, chizma geometriya, matematika, ona-tili va adabiyoti fanlaridan test topshirishlari lozimligini aytib o’tildi.Targ`ibot yakunida institut talabalari tomonidan bajarilgan loyiha ishlarining chizmasi va video proektlar taqdimoti havola etildi.

Kafedra mudiri: p.f.n.A.Xamrakulov

Prezident qaror va farmonlari
“Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi va o’quv- yordamchi hodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to’g’risida ” gi qarorga o’zgartirishlar kiritish haqida(QQ-2859-1)

11.10.2018


“O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o’quv bo’linmalarida yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha yo’riqnomani tasdiqlash haqida”(QQ-3025)

26.06.2018


“O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy hizmatni o’tagan va oliy ta’lim muassasalariga to’lov-kontrakt shakli asosida o’qishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam ko’rsatish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida ”(QQ-2999)

16.04.2018


“Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag’lari(to’lov-kontrakt asosida o’qitish uchun tushumlarning faqat to’lov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun o’quv-laborotoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o’quv qo’llanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning o’qituvchi va o’quvchilarini moddiy qo’llab-quvvatlash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”(QQ-2992)

05.04.2018


“O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt asosida tehsil olayotgan, O’zbekiston yoshlar ittifoqining faol azosi bo’lgan talabalarni moddiy qo’llab-quvvatlash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida ”(QQ-2961)

10.01.2018


Barchasini ko`rish
Mavzuga oid
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmqi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward