Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


ONA TILIM-JON TOMIRIM


ONA TILIM-JON TOMIRIM

 

Sohibqiron Temurdek,                                            

Ming asrlar mag‘rursan, 

Mirzo Ko‘ragoniydek,

yetti olam mashhursan,

Ellik milliondan ortiq,

Beklarimga  g‘urursan,

Ona tilim,

Shukrona kun muborak!

 

Massaget,  saklar hayron,

So‘g‘diyona,  hur tilim,

Qoshg‘ariylarga armon, 

Mashrabona, dur tilim,

Usmon Nosiri sarson,

Yuragi pora, tilim,

Ona tilim,

Shukrona kun muborak!

 

Lutfiyning lutfi bilan,

Loying, she'rga qorgansan,

Boburning nafasida,

Hindistonga borgansan,

Navoiy  Xamsasida,

Yuragimda yongansan,

Ona tilim,

Shukrona kun muborak!

 

Otash bo‘lib,  yoqib kelding,

yetmish yilning  qahridan, 

Tumor bo‘lib oqib kelding,

Behbudiyning bag‘ridan,

Kechib ketgum...

Kechib ketgum,  bir "Alla"nga,

Bu dunyoning bahridan,

Ona tilim,

Shukrona kun muborak!

 

Jadidlaring otilgan,

Kechgan  sen deb jonidan,

" O‘tkan kunlar"  bitilgan,

Qodiriyning qonidan,

Cho‘lpon  voz kechib ketgan,

Seni deb osmonidan,

Ona tilim,

Shukrona kun muborak!

Jonu dilim,

Jon tomirim,

Shodiyonang muborak!

 

@Mirzohid Botirov

Toshkent, Olmazor.

2020.17.10.