Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


“Tashabbuskor yoshlar-yurt kelajagi” mavzusida masofaviy uchrashuv boʻlib oʻtdi


Namangan muhandislik-qurilish instituti Energetika va sanoatni axborotlashtirish fakuteti “Texnik tizimlarda AT” kafedrasi 2020- yil 17- oktabr kuni soat 13-00 da ZOOM platformasi orqali Xorijiy mamlakatlarda oʻqish va ishlash bilan birga, Vatanimizning ilm-fani va iqtisodini rivojlantirish yoʻlida oʻziga xos hissa qoʻshayotgan bir guruh yoshlar bilan institut talabalarining “Tashabbuskor yoshlar-yurt kelajagi” mavzusida onlayn uchrashuvi bulib oʻtdi. Masofaviy uchrashuvda institut rektori Sh.Ergashev ishtirok etdi.
Ushbu onlay uchrashuvda quyidagi xorijiy davlatlardan Vatandoshlarimiz ishtirok etdilar:

Italiya (Rim) davlatidan Akbarov Adxam Muxitdinovich, Amerika Qoʻshma Shtatlaridan Mallaboyev Sardorbek Rustamjonovich, Polsha davlatidan Aripov Jasurbek Oybekovich, Yaponiya davlatidan Kamolov Anvarjon, Ispaniya davlatidan Toʻxtaboyev Abdulaziz Abdujabborovich, Tomsk shahridan Yuldashev Saydullo Abdullo oʻgʻli va boshqa davlatlardan ham yurtdoshlarimiz, institutimiz profssor-oʻqituvchilari hamda talabalarimiz  ishtirok etdilar.

Tadbirda xorijiy davlatlarda oʻz faoliyatlarini olib borayotgan Vatandoshlarimiz talabalarimizni qiziqtirgan savollariga oqilona javob berishdi va oʻz fikr- mulo-hxazalarini aytib oʻtdilar.