phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


UMUMTEXNIKA FANLARI KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI DALA-TAJRIBA SINOVIDA


  Namangan muhandislik - qurilish instituti Transport fakulteti Umumtexnika fanlari kafedrasi professor-o’qituvchilari kafedraning ilmiy-tadqiqot ish rejasi va kafedra mudiri V.Turdaliev rahbarligida bajarilayotgan “MV-Itex-2018-30 Tuproqqa ekish oldidan ishlov beruvchi hamda mayda urug’li ekinlarni ekuvchi kombinatsiyalashgan agregatini ishlab chiqarish va sinovdan o’tkazish” mavzusidagi innovatsion loyiha ish dasturi asosida To’raqo’rg’on tumani “Xolmirzayev Isroiljon” fermer xo’jaligida dala-tajriba sinovida ishtirok etishdi. Bu loyiha doirasida kafedra katta o’qituvchisi G’. Maxkamov “O’zbekiston sharoitida piyoz urug’ini ekish va texnologiyasini takomillashtirish (Namangan sharoiti misolida)” mavzusida bajarayotgan doktorlik dissertatsiya ishini bajarmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi Respublikamiz sharoitida piyoz ekish texnologiyasi va usulini takomillashtirish orqali ekish mashinalarining yangi konstruktsiyalarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Saytga ma’lumot tayyorlovchi: A.Qosimov