Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


HAMKORLIKDA TARAQQIYOT SARI


2020 yil 20 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6108-son Farmonlari ijrosini ta'minlash, salohiyatli yosh kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yishni yanada takomillashtirish maqsadida Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Toshkent Arxitektura- qurilish instituti o‘rtasida o‘zaro kelishuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent Arxitektura-qurilish instituti rektori R.Xakimov, Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sh.Ergashev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor S.Umarxanov, Qurilish fakulteti dekani B.Jamalov, Qurilish-texnologiya fakulteti dekani S.Razzqov va bir qator professor-o‘qituvchilar, bo‘lim boshliqlari ishtirok etdilar.
Namangan muhandislik-qurilish instituti nomidan rektor Sharibboy To‘lanovich Ergashev va   Toshkent Arxitektura-qurilish instituti nomidan rektor Ravshan Rashodovich Xakimov mehnat Qonunlari, Prezident Farmoni va Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlariga asosan ilmiy-tadqiqotlarni, uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirish, ta'lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha mavjud Nizomga asosan o‘zaro kelishilgan holda shartnomaga imzo chekdilar.