Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Chust tuman MFY 16-sonli musiqa va san'at maktabida tadbir bo'lib o'tdi


Joriy yilning 20 noyabr kuni Chust tuman Karkidon xududidagi 16-sonli musiqa va san'at maktabida “Yangi O‘zbekiston - Yangicha dunyoqarash” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi “G‘ova”, “Karkidon”, “Varzik” qishloqlaridagi MFYlardan 100 ga yaqin axoli qatnashdilar. Tadbirni madaniyat xodimi S.Axmedov olib bordi. Tadbirda ma'naviyat targ‘ibotchilari S.Nasimxonova va S.Muminovlar “Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash” mavzusida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari xaqida va ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha kelgusida qilinadigan ishlar to‘g‘risida gapirdilar va o‘z ijod namunalaridan o‘qib berishdi. Tadbirda viloyatdan tashrif buyurgan ishchi-targ‘ibot guruhi a'zosi A.Ataxanov (NamMTI kaf. mud) qatnashdi. Tadbirda D.Temirov, S To‘xtaboev (madaniyat xodimi) xamda musiqa maktabining yosh ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturi xavola etildi.

Shuningdek, tadbirda “Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash” mavzusida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari xaqida videorolik namoyish etildi. Tadbir davomida bir qator yosh  ijrochilar tomonidan kuy-qo‘shiqlar yangradi.