Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Mingbuloq tumani “Farovon” mahalla fuqorolari uchun tadbir bolib o'tdi


2020 yil 20 noyabr kuni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini jamoatchilikka yetkazish, joylarda aholining ijtimoiy kayfiyatini ko‘tarish va faollikka chorlash maqsadida Mingbuloq tumani “Farovon” mahalla fuqorolari uchun ma'naviy ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir 31-maktab binosida o‘tkazildi. Tadbirda  Yoshlik MFY  hududida istiqomat qiladigan fuqorolar ishtirok etishdi.

Madaniy dastur tashkil etiladigan hudud bayramona bezatilgan bo‘lib,unda kitoblar ko‘rgazmasi kitoblardan iborat kitoblar ko‘rgazmasiva sportning shaxmat, shashka, tennis, taekvondo va gimnastika turlari bo‘yicha sport chiqishlaritayyorlangan.

Shuningdek tadbirda tuman hokimiyatining mas'ul xodimlari, Namangan muhandislik qurilish instituti Abduvaxobov Dilshod, Inomiddinova Dilorom, Akbaraliev Husniddin, Imonqulov Umidjon,  “Erusti transport tizimlari” kafedrasi o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

         Tadbirda so‘z olgan Namangan muhandislik qurilish institutining kafedra o‘qituvchisi Inomiddinova Dilorom O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mazmun mohiyati to‘g‘risida o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Tadbirda  Namangan  viloyati “Yuksalish” erkin iktisodiy zonada tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonalari to‘g‘risidagi, “Inson qasidasi”  nomli videorolik tadbir ishtirokchilarida juda katta taassurot qoldirdi. Shundan so‘ng, musiqali kecha va badiiy chiqishlar boshlandi. Unda xonandalar 31 maktab o‘kuvchilari musikiy chikishlari va she'rlari qatnashchilarni xushnud etdi.

Tadbir davomida kam ta'minlangan oiladan farovon turmush sari qadam tashlayotgan fuqorolarga, Jaxon va Respublika olimpiadalarida yukori o‘rinlarni egallagan 31 maktab o‘kuvchilariga tuman hokimligining sovgalari topshirildi.

Tadbir yakunida mehnat faxriysi, nuroniy otaxon Mahkamov Komiljon hamda Maqsudov Anorvoy nutq so‘zlab mahalla fuqorolari nomidan tashkilotchilarga  minnatdorchilik bildirdi.