Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Chust shahridagi “Barkamol avlod” bolalar o‘quv markazida tadbir bo'lib o'tdi


Joriy yilning 20 noyabr kuni Chust  shahridagi “Barkamol avlod” bolalar o‘quv markazida “Yangi O‘zbekiston - Yangicha dunyoqarash” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi barcha maktablar va maktabgacha ta'lim tashkilotlari ma'naviyat bo‘yicha o‘rinbosar va mutaxassislari, Guliston, Serob va Do‘stlik MFY raisi o‘rinbosarlari jami 120 dan ortiq kishi qatnashdilar. Tadbirni madaniyat xodimi S.Axmedov olib bordi. Tadbirda ma'naviyat targ‘ibotchilari S Nasimxonova va S. Muminovlar “Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash” mavzusida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari xaqida va ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha kelgusida qilinadigan ishlar to‘g‘risida gapirdilar va o‘z ijod namunalaridan o‘qib berishdi.

Tadbirda viloyatdan tashrif buyurgan ishchi-targ‘ibot guruhi a'zosi (NamMTI kaf. mud) D. Mahkamov qatnashdi.  Shuningdek tadbirda “Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash” mavzusida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari xaqida videorolik namoyish etildi. Tadbir davomida bir qator yosh  ijrochilar tomonidan kuy-qo‘shiqlar yangradi.