Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Mingbuloq tumani “Oybek” MFY da tadbir bo'lib o'tdi


2020 yil 21 noyabr kuni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini jamoatchilikka yetkazish, joylarda aholining ijtimoiy kayfiyatini ko‘tarish va faollikka chorlash maqsadida Mingbuloq tumani “Oybek” mahalla fuqorolari uchun ma'naviy ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir 2-sonli musika va san'at maktabi binosida o‘tkazildi. Tadbirda “Oybek” MFY hududida istiqomat qiladigan fuqorolar ishtirok etishdi

Madaniy dastur tashkil etiladigan hudud bayramona bezatilgan bo‘lib, unda kitoblar ko‘rgazmasi kitoblardan iborat kitoblar ko‘rgazmasi va sportning shaxmat, shashka, tennis, taekvondo va gimnastika turlari bo‘yicha sport chiqishlari tayyorlangan.

Shuningdek tadbirda tuman hokimiyatining mas'ul xodimlari Toxirjon Ismoilov, Juraboeva Dilfuza, Karimov Jaxongir, Zarnigor Kamolova, Mirjaxongir Abdulkodirov, Namangan muhandislik qurilish instituti “Erusti transport tizimlari” kafedrasi mudiri M.Boydadaev, Z.Munavvarxonov sportchilar va san'atkorlardan iborat targ‘ibot guruhi bevosita ishtirok etib, o‘z sohalari bo‘yicha tadbir ishtirokchilariga dasturlarini havola etdilar.

Tadbirda so‘z olgan Namangan muhandislik qurilish institutining kafedra mudiri M. Boydadaev O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mazmun mohiyati to‘g‘risida o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Tadbirda Namangan viloyati “Yuksalish” erkin iktisodiy zonada tashkil etilgan ishlab chikarish korxonalari to‘g‘risidagi hamda “Chegarasiz” nomli videoroliklar tadbir ishtirokchilarida juda katta taassurot qoldirdi.

Shundan so‘ng, musiqali kecha va badiiy chiqishlar boshlandi. Unda xonandalar 2-sonli musiqa va san'at maktabi o’quvchilari musiqiy chikishlari va she'rlari qatnashchilarni xushnud etdi. 

Tadbir davomida kam ta'minlangan oiladan farovon turmush sari qadam tashlayotgan fuqorolarga, Respublika olimpiadalarida yuqori urinlarni egallagan 2-sonli musiqa va san'at maktabi o’quvchilariga tuman hokimligining sovgalari topshirildi.

Tadbir yakunida mehnat faxriysi, nuroniy Zokirjon ota ta'sirli nutq so‘zlab mahalla fuqorolari nomidan tashkilotchilarga  minnatdorchilik bildirdi.