Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


MARG‘ILON SHAHRIGA VIRTUAL SAYOHAT


2021 yil 13 yanvar kuni 19-TMJ-20 guruhiga 2-juftlikda Axborot va murabbiylik soati” mashg‘uloti “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi” hamda “Mardlik – jasorat va matonat” mavzusida yuqori saviyada tashkil etildi. 4 bosqichda olib borilgan mazkur darsning birinchi bosqichida hafta davomida respublikamizda qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlar va siyosiy voqealar bilan qisqacha tanishtiruv bo’lib o’tgan bo’lsa, ikkinchi bosqichda shu hafta uchun berilgan “Mardlik – jasorat va matonat” mavzusida taqdimot materiallari bilan tanishtirilib, videorolik namoyish qilindi hamda “Uzbekistan360.uz” sayti orqali Marg‘ilon shahriga virtual sayohat uyishtirildi. 3-bosqichda murabbiy talabalar bilan Vatanga dahldorlik tushunchasi to‘g‘risida hikmatli so‘z va rivoyatlar musolida qiziqarli suhbat qurdi. Murabbiylik soatining badiiy adabiyotlar bilan tanishishga bag’ishlangan to’rtinchi - yakuniy bosqichida, talabalarga yanvar oyida Jahonning eng mashhur yozuvchilaridan biri Janubiy Amerikalik Paulo Koeloning dunyoga mashhur «Alkimyogar» falsafiy asarini mutolaa qilish tavsiya etildi.