Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


ARMIYAM MILLIY G’URURIM


Davlatning kuch-qudratini, harbiy salohiyati va mudofaa darajasini uning armiyasi belgilaydi. Qalbga g‘urur, tinch va osoyishta hayotga surur baxsh etadigan armiya faxrimiz. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil etilganligiga 29 yil to‘lishi munosabati bilan hamda “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlar barcha korxona, tashkilot va muassasalarda keng nishonlamoqda. 13 yanvar kuni soat 10:00da institutning Energetika va sanoatni ahborotlashtirish fakulteti 41-EE-19 guruhida “Milliy armiya bayrami – mening bayramim!” mavzusida ma’naviy – ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirmi guruh murabbiysi F.Sharipov kirish so’zi bilan ochib, ona Vatanni himoya qilish har bir insonnong muqaddas burchi ekanligi, va shu sababdan vatanimizning muqaddas tuprog’i haq birimiz uchun naqadar qadrli ekanligini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, fakultetning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekani o’rinbosari O.Ahmedov yoshlarning ona yurtga sadoqati o’zi tanlagan mutahassislikka munosib bilim va ko’nikmaga ega bo’lish hamda ularni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuksak ma’naviy tarbiyaga ega bo’lish, o‘quv va tartib intizomga rioya etishini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib o’tdi.