Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI TASHKIL TOPGAN KUN


2021-yil 13-yanvar kuni Qurilish fakulteti, Materiallar qarshiligi va mexanika kafedrasi professor oqituvchilari tomonidan “14-Yanvar-Vatan himoyachilari kuni”ga bag’ishlab “O’zbek yigiti - mustaqillik posboni” tadbiri o’tkazildi. Mazkur bayram tadbirida Materiallar qarshiligi va mexanika kafedrasi mudiri Y.Tillaboyev, kafedraning professor o’qituvchilari va O’zbekiston Respublikasining Milliy Gvardiyasi Namangan viloyati bo’yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi leytenant Elyorjon Ermurodov hamda Qurilish fakultetining 60 dan ziyod talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Tadbirda so’z olgan E.Elmurodov barchani bayram bilan samimiy qutlarkan, talabalarga 14 yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanishini alohida ta’kidlab o’tdi. Materiallar qarshiligi va mexanika kafedrasi tomonidan tadbir mehmonlari kitoblar to’plami va esdalik sovg’alari bilan munosib taqdirladilar.