Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


MEN SAN’ATNI SEVAMAN


Uchqo‘rg‘on sanoat-texnologiyalari texnikumida 13 yanvar kuni o‘quvchilar bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,darsdan so‘ng bandligini ta’minlash maqsadida “Men san’atni sevaman” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda texnikumda taxsil olayotgan talabalar va 12 sonli BSMM o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbirda so’zga chiqqan M.Sotvoldiyev texnikumda ta’lim olayotgan talabalarni va faoliyat yuritayotgan barcha ustoz va murabbiylarni mashaqqatli va sharafli kasblarida, ozod va mustaqil vatanimizning nurli istiqboli uchun bilimli, sog‘lom va vatanparvar yosh avlodni tarbiyalashda aslo charchamasliklarini tiladi. Texnikumdagi jamoatchi va o‘z kasbining fidoiysi bo‘lib barcha xamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir qator ustozlarni kollej ma’muriyati va kasaba uyushma tomonidan turli estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.