Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


“Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik”


2020 yil 13-yanvar kuni Mashinasozlik fakulteti Fizika kafedrasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil etilganligiga 29 yilligiga bag’ishlab “Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida Namangan viloyat bojxona boshqarmasi harbiy safarbarlik va jangovar tayyorgarlikni oshirish bo’limi boshlig’i bojxona xizmati kapitani Shuhratjon Abduqaharov,Viloyat bojxona boshqarmasi bo’lim boshlig’i mayori Sevara Xamdamova, Viloyat bojxona boshqarmasi bojxona statistikasi bo’limi boshlig’i kapitani Ismoil Qodirov, Fizika kafedrasi mudiri Ahrorjon Mamadjanov, kafedra o’qituvchilari Ahmadjon Soliyev, Shohruh Nazarov, Baxtiyor Mislidinov va 15-MS-20 va 20-TMJ-20 guruh talabalari qatnashdi. Tadbirni kafedra o’qituvchisi A.Soliyev kirish so’zi bilan ochib, barcha talabalarni bayram bilan tabriklab,tashrif buyurgan mehmonlarni talabalarga tanishtirdi. Bojxona xizmati kapitani Shuhratjon Abduqaharov talabalarni 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bilan tabriklab, Qurolli kuchlarimizning tashkil etilganligi haqida ma’lumot berdi.Qolaversa, u so’zida Vatanparvar bo’lish uchun harbiy sohada ishlash shart emasligini, talabalarni o’z mutaxassislik sohalarini yaxshi o’zlashtirib, malakali yetuk kadr bo’lib mamlakatimizga o’z hissalarini qo’shishini ham vatanparvarlik deyish mumkinligini aytdi. 2020 yil qahramonlari sifatida Tibbiyot xodimlarini chinakkam Vatanparvarlar deyishimiz mumkin.Chunki ular vatanimiz mudofasini himoyalashda juda katta jasorat ko’rsatdilar.Haqiqatan, ham ular ko’rinmas dushman bilan kurashdilar.Pandemiya sharoitida ular vatanimiz aholisini salomatligini tiklashda hatto o’z sog’liqlarini xatarga qo’yib coronavirus bilan kurashdilar.
Pandemiya sharotida butun dunyoda geosiyosiy vaziyatlar o’zgargan holatlarni ko’rishimiz mumkinligi, jumladan Ozarbayjon va Armaniston davlatlari orasidagi urush oqibatida Tog’li Qorabog’da qanchadan-qancha tinch aholi va ikkala tomon harbiylarining halok bo’lganini ko’rdik.Tinchlik-bu bebaho ne’mat ekanligini,uni avaylab- asrash kerakligini va Vatanimiz tinchligini ta’minlash barchamizning burchimiz ekanligini talabalarga tushuntirildi. Tadbir ko’tarinki kayfiyatda va qiziqarli tarzda o’tdi.Talabalar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi. Tadbir so’ngida kafedra mudiri tashrif buyurgan mehmonlarga institut rahbariyati nomidan o’z minnatdorchiligini bildirib, bunday tadbirlarni yana o’tkazishga kelishib olindi va bayram bilan barcha talabalarni yana bir bor tabrikladi.