Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING OLIY MAJLISGA MUROJOTNOMASINI MAZMUN -MOHIYATI


2021 yil 15 dekabr kuni Energetika va sanoatni axborotlashtirish fakulteti, 1-bosqich 4-KB-20, 2-bosqich 10-MEM-19 hamda 15-IAT-19 guruhlari ishtirokida Texnik tizimlarda AT kafedra mudiri A. Isomiddinov guruh murabbiylari A.Xasanov va Sh.Nazarovalar tomonidan “Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga va O’zbekiston xalqiga murojaatnomasi”ni o’rganish mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Murojaatnoma bo’yicha 2021 yilga mamlakatimizda “Yoshlarni qo’llab – quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nom berilishi va shunga asosan maktabgacha ta’lim maktab ta’limi va oliy ta’limdagi amalga oshiriladigan islohotlar haqida qizg’in fikrlar bildirildi. Shuningdek, “Yangi O’zbekiston Maktab ostonasidan, ta’lim – tarbiya tizimidan boshlanadi” degan g’oya hamda oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlarida amalga oshirilayotgan tub o’zgarish va islohotlarning mazmun mohiyati aniq misollar asosida talaba yoshlarga tushuntirildi. Bahs-munozara tarzida o’tgan mazkur interfaol davra suhbati – qatnashchilarning o’zaro faol fikrlar almashinuviga boy bo’ldi va Murojaatnomada Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan takliflar xalqimiz tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingani bir ovozdan ta’kidlandi.