Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


TANLOV O’TKAZILDI


Uchqo‘rg‘on sanoat-texnologiyalari texnikumida “14-yanvar Vatan ximoyachilari kuni” va Qurolli kuchlar tashkil topganligining 29 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan xaftalikdan “Osh tanlovi” tadbiri ham o’rin oldi 15 yanvar kuni guruhlar o‘rtasida bo’lib o’tgan mazkur tanlovda “Oshga marxamat” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovni ochib bergan O‘TIBDO‘ M.Sotvoldiyev jamoalarga omad tiladi. Texnikumning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan kuylangan vatanni madx etuvchi kuy qo‘shiqlar tadbirga yanada fayz bag’ishladi. Mazkur tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlarni chuqurroq anglatish va milliylikka e’tibor qaratishdir. Tanlovda 9 ta guruh o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Gʻoliblarni aniqlashda gurunchni yetilib pishganligiga,bezatilishiga,salatlarni tayyorlanishiga va pokiza tayyorlanganligiga alohida e’tiborga olindi. Musobaqa so‘ngida 1 ta oliy 3-guruh o‘quvchilari,1 ta birinchi o‘rin 8-guruh o‘quvchilari, 1 ta tejamkor osh 1-guruh o‘quvchilari,2 ta to‘y oshi 3.5-guruh o‘quvchilari, 2 ta choyxona polov 4,6-guruh o‘quvchilari,1 ta eng chiroyli osh 7-guruh o‘quvchilari,1 ta eng shirin osh 2.9-guruh o‘quvchilarining oshi deb topildi. Barcha guruhlarga texnikum direktori A.Qodirov tomonidan esdalik sovg‘aliri bilan mukofotlandilar.