phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Namangan muhandislik-qurilish institutiga Ufalik mehmonlar tashrifi


  Namangan muhandislik-qurilish institutiga Rossiya federatsiyasi Ufa Davlat Texnika Universitetining Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Chanishev Nail Tagirovich boshchiligidagi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Institut rektori Sh.Sh.Kenjaboyev va N.T.Chanishev o‘rtasida muloqot o‘kazildi. Ushbu muloqotda ular har ikkala mamlakat doirasida ta'lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlagan holda tuzilayotgan manfaatli hamkorlik shartnomalarining maqsad va mazmunini batafsil tahlil qildilar. Tomonlar birgalikda professor-o‘qituvchilar, doktarantlar, talabalar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish, talabalar uchun maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish, o‘quv-uslubiy ishlarni tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Hamkorlik shartnomalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda tomonlar oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash , mutaxassislar uchun ta'lim texnologiyalari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish, ta'lim tadbirlarida integratsiyani kengaytirish, ishchi va talabalarning akademik ko‘chma amaliyot dasturlarida ishtirokini ta'minlashga kelishdilar. Shuningdek, tomonlar birgalikda ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar tashkil etish, olimlar va o‘qituvchilarning ilmiy malakalarini oshirishda o‘zaro yordam ko‘rsatish, izlanayotgan tadqiqotchilarga oid nashrlar va materiallar almashinuvini yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutdilar. Ushbu hamkorlik faoliyatlari kelgusida davlatlarning istiqbolli taraqqiyoti uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilganligini tomonlar e'tirof etdilar.