Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


“Is’hoqxonto’ra Ibrat” majmuasi


22 fevral kuni “Qurilish” fakulteti 27-QHAL-17 va 28-QHAL-17 guruh talabalari guruh murabbiylari M.Umataliyev va Sh.Tursunovlar boshchiligida o’zbek ma’rifatparvari Is’hoqxonto’ra Ibrat majmuasiga sayohat uyushtirishdi. Ibrat majmuasi yurtboshimiz tomonidan buyuk taraqqiyparvar va ma’rifatparvar Is’hoqxon Ibratning xalqimiz ma’naviy-ma’rifiy yuksalishi yo‘lidagi beqiyos xizmatlariga ehtirom ramzi sifatida uning nomini abadiylashtirish, u kishiga atab zamonaviy bog‘ yaratish, yodgorlik majmuasi va “Ibrat maktabi”ni tashkil qilish tashabbusini ilgari surgan edi. O‘tgan davr mobaynida ikki gektardan ziyod maydonni tashkil etgan Is’hoqxon To‘ra Ibrat memorial majmuasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Loyiha qiymati 13 milliard so‘mdan ziyod majmua bog‘-xiyobon, uning o‘rtasida Is’hoqxon to‘ra Ibratning haykali, milliy me’morchilik uslubidagi ayvon, bosmaxona, ilg‘or texnologiyalar asosida qurilgan musiqali favvora, chet tillarga ixtisoslashtirilgan 400 o‘rinli maktab-internat va tarixiy me’morchilik obidasida barpo etilgan muzeyni o‘z ichiga oladi. Sayohat davomida talaba-yoshlar ushbu majmuadagi bog’ va Ibrat haykali, Ibrat muzeyi va undagi Ibrat hayoti va ijodiga oid nodir eksponatlar bilan tanishib chiqishdi.