Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


OLIY TA’LIM VA MAKTAB HAMKORLIGI


Namangan muhandislik-qurilish instituti Chet tillar kafedrasi tomonidan Pop tumanida joylashgan 28 - sonli umumta'lim maktabida bitiruvchilar bilan oliy ta'limga jalb etish yuzasidan targ'ibot tashviqot ishlari olib borildi va 6 ''a'' sinfda ''What did you do yesterday" mavzusida ochiq dars tashkil etildi , faol o'quvchilarga kitob va esdalik sovg'alari taqdim etildi. Yoshlar o’rtasida “Kelajakdagi orzularim” mavzusidagi davra suhbati qizg’in bahs munozalarga boy bo’ldi. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadidagi ushbu tashabbuslarning asosiy maqsadi shundaki, eng avvalo, mamlakatimiz kelajagi bo'lgan o'g'il-qizlarni ertangi jamiyat taraqqiyoti uchun munosib bo‘lishliklariga bugundan zamin yaratishdir.