Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


BESHTA MUHIM TASHABBUS


Ma’lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha beshta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Shuning uchun “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi o’qituvchisi A. Mal’tseva raxbarligida, ya’ni 51-BIQ-19(r) murabbiylik guruhida beshta muhim tashabbus bo’yicha O’zbekistonda olib borilayotgan ishlar to’g’risida davra suhbati o’tkazdi. Davra suhbat murabbiy tamonidan tayyorlangan taqdimot namoishi bilan boshlandi. Suhbat davomida, xozirgi kunda yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, aholi va yoshlar o’rtasida kompьyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash kabi masalalari bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilayotganligi to’g’risida guruh talabalari ma’lumotlar oldilar. Talabalar ham o’z taqdimotlarini namoish etdilar.