| | |
Saytdan izlash    
O‘quv jarayonlarida xorijiy professor o‘qituvchilarning ishtiroki

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida Namangan muhandislik-qurilish instituti va Polsha davlatining Prezident Stanislav Voyxovskiy davlat amaliy fanlar universiteti o‘rtasida imzolangan o‘zaro professor-o‘qituvchilar almashinuvi shartnomasiga asosan Erasmus+ dasturi xalqaro kordinatori Tatiana Manasterska va iqtisod fanlari bo‘yicha PhD Dziubek Ireneuszlar 2019 yil 6-10 may kunlari Namangan muhandislik-qurilish institutiga tashrif buyurdi.
Institutga tashrif davomida Tatiana Manasterska va Dziubek Ireneuszlar Aralash marketingda boshqaruvning o‘rni, Boshqaruv strategiyalari va nazariyalari hamda Polsha kompaniyalari tomonidan foydalaniladigan boshqaruv uskunalarining kamchiliklari va afzalliklari mavzularida ma'ruza va seminar-treninglar tashkil etdi.

Seminar-treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad “Iqtisod” va “Menejment” fanlaridan bilim va malakalar almashish, yangiliklar haqida professor-o‘qituvchilar va talabalarga yaqindan tanishtirish. Institut rektorining 2019 yil 4 may kunidagi 2-F farmoyishiga asosan Menejment hamda Iqtisod kafedralaridan 1-KTI-16 va 8-MJ-16 guruhlari tashkil etilgan seminar-trening mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.
Tashkil etilgan ma'ruza va seminar-treninglar professor-o‘qituvchilar hamda talabalar tomonidan yaxshi o‘zlashtirildi.
Xalqaro aloqalar bo‘limi uslubchisi: I.Ergashev

QABUL KOMISSIYASI RAISLARI
Prezident qaror va farmonlari
Mavzuga oid
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmpi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward