| | |
Saytdan izlash    
Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalar turar joyi tadbirlar zalida “Oila - jamiyatning asosiy bo’g’ini” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

  Davra suhbatida Mashinasozlik fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari B.Nabiyev “Oila va uning jamiyatdagi o’rni”, 1993 yilning 20 sentyabrida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan 15 may “Xalqaro oila kuni” butun jahonda nishonlanishi haqida ma’lumotlar aytib o’tdi.Har bir davrda oilaning asosiy vazifasi farzandlarning dunyoga kelishi va ularning tarbiyasi, o`zligini anglab yetishi hisoblangan. Oila, ijtimoiy-siyosiy shakllanishning rivojlanishi bilan parallel ravishda tashkil topadi. Turmush qurish institutining paydo bo`lishi, ayol va erkak o`rtasidagi munosabatga barqarorlik va ishonch olib kirishga izn bergan. Rasmiy birlik, ular o`rtasidagi har birining nikohiga qo`shgan hissasi bilan bog`liq bo`lgan funktsional mas’uliyatni ajratib bergan.Shuningdek, davra suhbatida mashinasozlik fakulteti Xotin qizlar qo’mitasi raisi G.Majidova so’zga chiqdi.U oilalardan jamiyat tashkil topishini bir qator misollar yordamida tushuntirdi. Ayniqsa, o’zbek xalqining muqaddas oilaga bo’lgan munosabatiga, hech bir millat va elatda mavjud bo’lmagan oilaviy qadr-qimmat tushunchalariga to’xtaldi. Oilada opa-singil, aka-uka,yaqin qarindoshlik tuyg’ulari betakrorligini ta’kidladi. Millatimizga xos xususiyatlardan biri, oila sha’nini saqlash, or-nomus, g’urur tuyg’ulari, ota-onaga hurmat, farzandlarni oila oldidagi burch va vazifalarini bajarishlari haqida o’z mulohazalarini aytib o’tdi. So’ngra talabalar oila to’g’risida erkin mulohazali fikrlar bildirishdi .

Prezident qaror va farmonlari
Mavzuga oid
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmpi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward