| | |
Saytdan izlash    
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kunduzgi ta’lim shakliga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi” mavzusida huquqiy targ‘ibot tarbiri

  Tadbirda Namangan viloyati IIB kadrlar bo‘limi boshliq o‘rinbosari podpolkovnik M.M.Mirsaidov, Namangan viloyati IIB XPB katta inspektori katta leytenant I.X.Saidkulov, IIV Akademiyasi “Ma’muriy huquq” kafedrasi o‘qituvchisi leytenant U.Sh.Tallibayev, akademik litsey direktori R. Gulamov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Davlatov hamda akademik litseyning o‘qituvchilari va o‘quvchilari qatnashdilar.
Tadbirini akademik litsey direktori R.A.Gulamov kirish so‘zi bilan ochdi. Yig’ilganlarga uning mazmun-mohiyatini tushuntirib o’tdi. Shuningdek, IIV akademiyasi “Ma’muriy huquq” kafedrasi o‘qituvchisi leytenant U.Sh.Tallibayev so‘zga chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kunduzgi ta’lim shakliga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi” mavzusida ma’ruza qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi respublikamizdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlari uchun malakali mutaxassis tayyorlovchi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanishini ta’kidladi. Akademiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 2 sentyabrdagi 447-sonli qarori asosida tashkil etilganligi, tarixi 1932 yilda Toshkent o‘rta maxsus militsiya maktabi tashkil etilishidan boshlanganligi, 25 yil mobaynida Markaziy Osiyo hududidagi ichki ishlar organlari uchun huquqshunos kadrlar tayyorlab beruvchi yagona maxsus o‘quv yurti hisoblanganligi, 1958 yili uning negizida Moskva oliy militsiya maktabi sirtqi ta’lim fakultetining bo‘linmasi tashkil qilinganligi, 1967 yil 23 oktyabrda mazkur sirtqi ta’lim fakulteti asosida Toshkent oliy militsiya maktabi tashkil etilganligini aytib o’tdi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, sobiq ittifoq Ichki ishlar vazirligiga qarashli Toshkent oliy militsiya maktabi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tasarrufiga o‘tkazilganligi ma’lum qilindi.
IIV vakili Ishtirokchilar o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kunduzgi ta’lim shakliga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi” mavzusida huquqiy targ‘ibot masalasiga to‘xtaldi.
Ichki ishar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasasi IIB Akademiyasi kunduzgi ta’lim shakliga kirish 2018\2019 –o‘quv yilidan boshlab test sinovlarsiz, maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi suhbat orqali amalga oshirilishini , ta’lim muddati uch yilni tashkil etishi, magistr darajasiga tenglashtirilgan oliy ma’lumot hamda “leytenant” maxsus unvoni berilishini tushuntirib o’tdi. Endilikda Akademiya kunduzgi ta’limida “Tergov faoliyati “, “Tezkor –qidiruv faoliyati”, “Huquqbuzarlar profilaktikasi faoliyati”, Ekspert-kriminalistik faoliyati” “Yo‘l harakati xavsizligini ta’minlash faoliyati”, Xizmat faoliyatini psixologik ta’minlash”mutaxasisligi bo‘yicha “yurist” malakasi berilishi tushuntirib o’tildi.
O’qituvchilar, talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar oldilar.

Prezident qaror va farmonlari
Mavzuga oid
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmpi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward