phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Bitiruvchi- o’quvchilar bilan uchrashuv.


  Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyida O’zbekiston Milliy Universiteti dotsenti A.Sharipov va Namangan muhandislik-qurilish instituti o’quv ishlari bo’yicha prorektori B.Ergashev ishtirokida bitiruvchi-o‘quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
O‘zbekiston Milliy Universitetining dotsenti A.Sharipov o’quvchilarga universitetning tashkil topishi va faoliyati, hozirgi kundagi nufuzi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o’tdi.
Jumladan, Universitetning ilmiy salohiyati haqida gapirar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 7 nafar akademigi shu universitetda faoliyat olib borayotganligini, moddiy- texnik bazasi, talabalarning bilim olishlari uchun yaratilgan shart- sharoitlar va ta’lim yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berib o’tdi.
2019-2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Milliy Universitetiga abituriyentlarni qabuli va yo‘nalishlari to‘g‘risida batafsil to‘xtaldi. Ayniqsa, matematika, axborot xavfsizligi, xorijiy tillar (ingliz va rus tili), falsafa, biologiya, fizika, geografiya, geodeziya va kartografiya, bio tibbiyot fizikasi, ekologiya, neft-gaz kimyosi yo‘nalishlari qabuli tartibiga alohida to’xtaldi. Uchrashuvda Namangan muhandislik-qurilish instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.Ergashev so’zga chiqi.U mamlakatimizda ta’lim sohasiga doir qabul qilinayotgan qarorlarning mazmun-mohiyatiga to’xtaldi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017 yil 20 iyundagi 393-son qaroriga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida 2019 yil 27 apreldagi 360-son qarorining maqsadi, mazmun-mohiyatini tushuntirib o’tdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.