phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Bolalarga mehr ulashaylik


  Muborak Ramazon oyi hamda “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Iqtisodiyot” kafedrasi jamoasi tomonidan “Bolalarga mehr ulashaylik” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbir munosabati bilan kafedradan vakil sifatida kabinet mudiri Y.Abdumalikova Viloyat bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazida davolanayotgan kichkintoylar holidan xabar oldi. Shifoxonada davolanayotgan bemorlarga 35 dona “O`zing bo`ya” kitobchasi, 35 qutida qalamlar jamlanmasi, 19 dona shashka, 15 dona “Puzzle” va 17 dona ertak kitoblar sovg`a qilindi. Ota-onalar va kichkintoylar sovg`alarni qabul qilib, mamnun bo`ldilar. Bolalarning yaqinlari ya’ni ota-onalar homiylarni g`oyibona duo qildilar.