| | |
Saytdan izlash    
Yoshlar kelajagi yo’lida-bir qadam

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 19-martda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ilgari surgan 5 ta tashabbusi yoshlarning hayotida yangi sahifani ochdi. Yoshlar bilan ishlashni yangi bosqichga ko‘tarish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirish maqsadida ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusi doirasida tadbirlar tashkil etilmoqda. Shu jumladan Qurilish fakultetining 18-19-BIQ-18 guruhida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida tadbir tashkil qilindi. Tadbirni guruh murabbiylari Sh. Karimova va I. Sheraliyevlar tashkil qildi. Tadbirda talaba-yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi. Kitob o’qish madaniyatini shakllantirish maqsadida talabalar “Kitoblar olami ” deb atalgan kitoblar jamlanmasini tashkil etdilar. Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbdir. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus alohida ahamiyat kasb etadi. Mavjud badiiy kitoblar bo’yicha talabalar navbat bilan taqdimot o’tkazadilar. Sh.Karimova tomonidan A.Yassaviyning “Hikmatlar kulliyoti” va I.Sheraliyev tomonidan esa Imom Shamsiddin Zahabiy “Mashhur daholar siyrati” kitoblari taqdimoti o’tkazildi. Talabalar bu kitoblarni mamnuniyat bilan qabul qildilar .

Qabul komissiyasi raislari
Prezident qaror va farmonlari
Mavzuga oid
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmpi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward