phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


BITIRUV MALAKAVIY ISHI HIMOYASI O’TKAZILDI


 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-3151-son hamda 2018 yil 5 iyun sanasidagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarorilaridan kelib chiqib, bugun oliy ta’lim muassasalarida o’quv mashg’ulotlarini tashkil etishni, ularni ishlab chiqarish malakaviy amaliyotlari bilan uzviyligini ta’minlash hamda bitiruv malakaviy ishlari himoyasiga qaratilgan e’tiborni tubdan o’zgartish zamon talabidir.Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi Nizom” hamda Namangan muhandislik - qurilish instituti 2018-2019 o’quv yili jarayon jadvaliga asosan Transport fakultetining Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi va Xizmatlar sohasi (avtomobil transporti) ta’lim yo’nalishlari bitiruvchilari nazariy ta’limni ishlab chiqarish bilan integratsiyalash maqsadida Namangan shahrida joylashgan “Namangan-Avtotexxizmat” MCHJ, “Taksi”MCHJ, “Zumar”MCHJ va Namangan transport va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejlarida bitiruv malakaviy ishlari himoyalari tashkil etilmoqda. 2019 yil 7 iyun kuni Transport fakultetini 9 nafar talabalari bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Yakuniy davlat attestatsiyasi hay’ati a’zolari talabalarni bitiruv malakaviy ishlarini a’lo baholadilar va ularga oq yo’l tiladilar.