| | |
Saytdan izlash    
“Har bir bola mehr va e'tiborda”

 Namangan muhandislik-qurilish institutida tashkil etilgan “Yosh biznes trenerlar” klubi koordinatori M.Jo‘rayev va 20 nafar klub a'zolari Namangan muhandislik-qurilish institutida “Yoshlar oyligi”ni o‘tkazish va “Yoshlar kuni”ni keng nishonlash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasiga asosan Namangan shaxrida joylashgan 26-sonli - “Mehribonlik uyi”ga tashrif buyurib, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda “Har bir bola mehr va e'tiborda” shiori ostida tadbir o‘tkazishdi. Tadbir doirasida “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari o‘rtasida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Tanlovda 20 nafar “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari qatnashdi. Shuningdek, sportning mini-futbol turi bo‘yicha sport musobaqasi uyushtirildi. Qiziqarli kechgan bahsda “Shunqorlar” jamoasi 1-o‘rinni, “Bunyodkor” jamoasi 2-o‘rinni egalladi. “Men nechun sevaman O‘zbekistonni!” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda 30 nafar “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. Tadbir yakunida eng faol yoshlar munosib sovg‘alar va maqtov yorliqlari bilan taqdirlandi. “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari o‘zlari mehrga muhtoj bo‘lishsada, ularning ko‘zidagi shijoat , g‘ayrat , mehr va vatanga bo‘lgan muhabbat har qanday kishini to‘lqinlantiradi. Tadbir davomida ularning naqadar iste'dod va qobiliyatga ega ekanliklariga guvoh bo‘ldik.

Qabul komissiyasi raislari
Prezident qaror va farmonlari
Mavzuga oid
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmpi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward