| | |
Saytdan izlash    
Namangan muhandislik-qurilish instiutida “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” tanlovi o‘tkazildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tashabussi bilan qolaversa, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tadbiq etishga munosib hissa qo‘shgan yosh olimlar, talabalar hamda tashabbuskor fuqarolarning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish va erishgan yutuqlarini munosib taqdirlash maqsadida, 2018 yil 2 oktyabrdagi Vazirlar Mahkamasining 786-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorning ijrosini ta'minlash borasida, Namangan muhandislik-qurilish institutida “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” tanlovga institutning yosh olimlari va talabalari tomonidan jami 18 ga yaqin hujjatlar topshirildi. “Hay'at a'zolari” tomonidan mazkur tanlovga taqdim etilgan hujjatlar va ishtirokchilarning taqdimotlari atroflicha ko‘rib o‘rganib chiqilib, eng yaxshi 10 nafar ishtirokchilarning hujjatlari navbatdagi bosqichga tavsiya etildi.

Ishtirokchilar: 

Loyiha nomi: Dala relefiga moslanuvchan tishli borona ishlab chiqish va joriy etish.
Ma'ruzachi: Umumtexnika fanlari kafedrasi dotsenti v.b. Abduvaxobov Dilshod Abduvaxidovich



Loyiha nomi: Paxta tozalash qurilmasining istiqbolli konstruksiyasi modelini ishlab chiqish.
Ma'ruzachi: Bino inshootlar qurilishi kafedra talabasi Turg‘unov Muxriddin Sotvoldi o‘g‘li



Loyiha nomi: Oqova suvlarni yog‘-moylardan tozalash filtri.
Ma'ruzachi: Muhandislik-kommunikatsiyalari qurilishi va montaji kafedrasi o‘qituvchisi Jo‘rayev Xurshid Abdiraximovich



Loyiha nomi: Kichik GESlar uchun ochiq o‘zanli suv oqimiga o‘rnatiladigan aktiv gidroturbinali gidrodvigatel konstruksiyasini yaratish.
Ma'ruzachi: Muhandislik-kommunikatsiyalari qurilishi va montaji kafedrasi o‘qituvchisi Mansurova Nodira Shokirjanovna

Loyiha nomi: Mahalliy kovul o‘simligi va uning oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatidagi ahamiyati (Mahalliy kovul o‘simligining ochilmagan gulshonalaridan shifobaxsh murabbo hamda uning ildizidan esa dorivor spirtli tindirma tayyorlash).
Ma'ruzachi: Hayotiy faoliyat xavfsizligi kafedrasi o‘qituvchisi Xoliqova Nargiza Baxtiyorovna

Loyiha nomi: Shamol generatorini innovatsion boshqaruvini ishlab chiqish.
Ma'ruzachi: Energetika kafedra talabasi Saloydinov Sardorjon Qodirjon o‘g‘li



Loyiha nomi: Binolarning zamonaviy elektr montaji uchun gibrid jihoz (uzgich, razetka).
Ma'ruzachi: Energetika kafedra talabasi Mamadaliev Jaxongir Hamidjon o‘g‘li



Loyiha nomi: O‘zbekiston hududidagi intensiv bog‘lar va issiqxonalar uchun aralashmali xlorsiz kaliyli o‘g‘itlar olish hamda o‘quv ishlab chiqarish majmuasini tashkil etish.
Ma'ruzachi: Hayotiy faoliyat xavfsizligi kafedrasi mudiri Sobirov Muxtorjon Muhammadjanovich

Loyiha nomi: Qishloq xo‘jalik kartalarini tuzishda geoaxborot tizimi materiallarini qo‘llashni takomillashtirish (Namangan viloyati Uychi tumani misolida).
Ma'ruzachi: Avtomobil yo‘llari va aerodromlar kafedrasi o‘qituvchisi Ergashev Muxammadyusuf Muxammadolim o‘g‘li

Loyiha nomi: Mikrosoft ofis ilovalari bilan ishlashni o‘rgatuvchi trenojor.
Ma'ruzachi: Kasb ta'lim informatika va axborot texnologiyasi kafedrasi talabasi Nurmamatov Jahongir Imodilla o‘g‘li


Qabul komissiyasi raislari
Prezident qaror va farmonlari
Mavzuga oid
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmpi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward