| | |
Saytdan izlash    
Prezident tashabbuslari amalda

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusni hayotga tadbiq etish maqsadida Namangan muhandislik-qurilish institutida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1- tashabbus bo‘yicha, ya'ni Yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarni oshirish, iste'dodlarni yuzaga chiqarish maqsadida institutda erkin mavzuda rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda 50 nafardan ortiq talabalar ishtirok etishdi. Ulardan 15 ta ijodiy ishlar saralab olindi va ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, 4-tashabbus, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha institutda QR kod muhitida ishlaydigan elektron kutubxona tashkil etildi. Bunday shakldagi kutubxona hozircha Namangan vilotida yagona bo‘lganligi sababli institut talabalari va mehmonlarida katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda.
Professor-o‘qituvchilar, xodimlar va ayniqsa talabalar institut hududidagi mavjud Wi-Fi bepul internet muhitidan foydalanib, mobil telefonlariga elektron kitoblarni bemalol yuklab olish va mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Qabul komissiyasi raislari
Prezident qaror va farmonlari
Mavzuga oid
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmpi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward