phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Tadbirkorlik taraqqiyot omili


 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusni hayotga tadbiq etish maqsadida Namangan muhandislik-qurilish institutida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 5-tashabbus bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish Respublika markazi Namangan viloyat hududiy filiali, Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tadbirkorlik bo‘yicha master-klass va 22 soatlik o‘quv kurslari tashkil etildi.

Mazkur o‘quv kurs va master-klasslarga 33 nafar talaba ishtirok etdi. Ularga o‘quv kursini yakunlaganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar taqdim etildi. Ular hozir o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish ishlarini olib borishmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi Namangan viloyat bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Biznesga sayohat” tashkil etildi. Namangan muhandislik-qurilish institutida tashkil etilgan “Yosh biznes trenerlar” klubi tinglovchilari hamda institut talabalari amaliy mashg‘ulot sifatida viloyatning eng yirik ishlab chiqarish korxonalaridan “Ideal” hamda “Imir” tikuv ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurishdi. Ushbu korxonalardagi ish jarayonlari bilan tanishtirildi. Sayohat talabalar va tinglovchilarda tadbirkorlikka bo‘lgan ishtiyoqlarini yanada oshirdi.