| | |
Saytdan izlash    
Rossiyadagi “Ryazan davlat agrotexnologik universiteti” bilan ilmiy hamkorlik natijalari va yutuqlari

 Rossiyaning “Ryazan davlat agrotexnologik universiteti” 70 yillik yubileyiga bag’ishlab may oyida o`tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada institutimiz olimlaridan t.f.d., prof. N.Boyboboyev va t.f.n., dots. Y.Asatillayevlar ishtirok etib qaytdilar.Xalqaro konferensiya Rossiya davlati va MDH davlatlarining yirik olimlari va yosh tadqiqotchilari ishtirokida bo`lib o`tdi. Unda xalq xo`jaligining agrar sohasida innovatsion rivojlanishning aniq yo`nalishlari va olib borilayotgan ilmiy izlanishlar hamda ularning samarali natijalari to`g`risida ushbu soha olimlari o’rtasida qizg`in bahs-munozaralar bo`lib o`tdi. Konferensiyada ma’ruza qilgan Y.Asatillayev qishloq xo`jaligida yetishtirilayotgan mahsulot hosildorligini oshirish muammolarini hal etishdagi dolzarb masalalarni e’tirof etdi.Bu borada Rossiya va O`zbekiston olimlari hamkorlikda ikki mamlakatning agrar sohasidagi ishlarni birgalikda o`rganib, zamonaviy va tejamkor texnologiyalarning ilg’or usullarini o’zaro tajribalar asosida targ’ib etish bo’yicha shartnomalar tuzdilar. Xalqaro konferensiya o`z ishini tugatgandan so`ng universitetning ilmiy va o`quv laboratoriyalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.Ularning tajriba sinov dalalarida yetishtirilayotgan meva, poliz va sabzavot ekinlari hosildorligini oshirish uchun qo`llanilayotgan yangi texnologiyalar bilan tanishdilar va tajriba almashdilar. Shundan so`ng bevosita o`quv jarayonilari bilan qiziqib, bakalavr va magistr bosqichida talabalarga mutaxassislik fanlarini o`qitish metodikasi va yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llash borasida fikrlar almashdilar. Har ikkala mamlakat olimlari nazariy bilim va amaliy tajribalarini tahlil qilib, kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishdilar. Institutimiz olimlari t.f.d., prof. N.Boyboboyev va t.f.n., dots. Y.Asatillayevlar Moskva shahriga qilgan sayohatlari davomida rus xalqining uzoq yillardan buyon saqlanib kelayotgan qadimiy yodgorliklarini va diqqatga sazovor tarixiy obidalar bilan tanishdilar.Ilmiy-texnik adabiyotlar magazinidan 2018 yilda yangi nashrdan chiqqan, mutaxassislik fanlaridan darslik va ilmiy texnik adabiyotlar sotib oldilar. Ular hozirgi kunda ushbu darsliklarni o`zbek tiliga tarjima qilish ustida qizg`in ish boshladilar.Har ikkala ustoz ham universitetda o`rgangan tajribalarini institut professor-o`qituvchilari ishtirokida seminar tashkil etib, tayyorlangan videoroliklar orqali targ’ibot ishlarini amalga oshirmoqdalar.

QABUL KOMISSIYASI RAISLARI
Prezident qaror va farmonlari
Mavzuga oid
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmpi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward