| | |
Saytdan izlash    
NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI TALABALARI ROSSIYADA AMALIYOT O’TAMOQDALAR

 Namangan muhandislik-qurilish instituti va Rossiya Federatsiyasi, Qozon Federal Universiteti qo’shma dasturi asosida qabul qilingan ”Menejment”, “Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi”, ”Mashinasozlik texnologiyasi” yo’nalishlari bo’yicha tahsil olayotgan 1-kurs talabalari Rossiyada amaliyot o’tamoqdalar.Amalyot davrida 2-guruh Yurasova Olga Igorovna bilan birgalikda Avtomobil zavodida bo'lishib, texnika xavfsizligi bosh mutaxassisi ishtirokida tushuntirish ishlari olib borildi. Zavod tarixi va hozirgi kungi holati haqida tushunchalar berildi. So'ngra KAMAZ kabinasi qismlarini yig'ish, transmissiya qismlari va ularni avtomatik yig'ishni amaliy ko'rsatib berildi.
3- kichik guruh Yurasov Sergey Yur'yevich rahbarligida"Прессово-рамный"zavodiga tashrif buyurdi.Unda kamaz avtomobili kabinasining kuzov qismini presslash jarayoni hamda Kamaz avtomobili ramasining tayyorlanishi amaliy ko'rsatib berildi. Talabalar ma'lumotlarga ega bo'ldilar.


1-guruh talabalari Povlenko Aleksey Petrovich rahbarligida dvigatel zavodiga amaliyot o'tash uchun bordilar. U yerda trubokompressor bo'limi direktori Antonov Andrey Ivanovich, dvigatelning tabiatga chidamliligi bo'limi boshlig'i Valeriya Yakova, zavodning kuzatuvchisi Alekseyeva Anna Valerovnalar bilan birgalikda zavodning uchta bo'limi va ishlab chiqarish jarayonlari, texnika xavfsizligi qoidalariga oid batafsil tushuntirish ishlari olib borildi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.Yurasova Olga Igorevna rahbarligidagi 2-guruh talabalari Avtomobil zavodining u yerda mutaxassislari Gaffonov Andrey Dmitriyevich va Tatyana Nikolayevnalar ishtirokida bo'limning ishlab chiqarish jarayonlari, butlash, yig'ish sexlari bo'yicha slaydlar yordamida videoroliklar namoyish etib berildi. Butlash va yig'ish sexlarini amaliyotchi talabalar ishtirokida to'liq ish jarayonlari o'rganildi. So'ngra zavodning yetakchi mutaxassislari tomonidan talabalarga ikki kunlik amaliyot davridagi bilim va ko'nikmalarini qay darajada o'zlashtirganliklarini sinash maqsadida amaliyot yuzasidan savollar berildi. To'g'ri va to'liq javob bergan talabaga avtomobil zavodi tomonidan kepkalar va ruchkalar taqdim etildi.


Bugun soat 14:00 naberejnochelni instituti direktori Maxmud Maxsudovich va umumiy masalalar bo'yicha prorektor Marat Fayzullayevichlar bilan xorijdan kelib,o'qib 4-kursni tamomlagan va institutimiz talabalariga uchrashuv bo'ldi. Uchrashuvda bitiruvchilarga diplom berish marosimi va bizlarning talabalarimiz bilan suhbat o'tkazildi.





QABUL KOMISSIYASI RAISLARI
Prezident qaror va farmonlari
Mavzuga oid
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmpi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward