| | |
Saytdan izlash    
5 ta tashabbus doirasida tadbir davom etmoqda: institutda chempionlar bilan uchrashuv

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusning 2 - yo’nalishida ko’zda tutilgan “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o’z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish” bo’yicha amalga oshirilishi muhim bo’lgan vazifalar va choralarga oid qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2019 yil 3 iyul kuni institut talabalar turar joyi tadbirlar zalida Namangan viloyati nomidan dunyo arenalarida vatanimiz sha’nini himoya qilib, g’oliblikni qo’lga kiritgan bir guruh chempion yoshlar bilan talabalarning uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda karate VKF bo’yicha sport ustasi, karate-do bo’yicha 2 karra jahon chempioni, bir qator chempionlar murabbiyi, NamMQI 2-kurs magistranti, “Mard o’g’lon” Davlat mukofoti sovrindori Murodillayev Sarvarbek, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig’ining ommaviy sport turlari bo’yicha o’rinbosari Davronbek Shamsiddinov, Qo’l jangi bo’yicha O’zbekiston nomidan birinchi jahon chempioni Shohnazar Nazaraliyev, voleybol bo’yicha bir necha bor O’bekiston chempionligini qo’lga kiritgan, bir qator xalqaro turnirlar sovrindori, O’zbekiston terma jamoasi a’zosi, NamMQI 4-kurs talabasi Ikromjon Abdulazizov, institut Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori Odiljon Jakbarov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Anvarjon Dehqonov, Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri Shuhratbek Maqulov, institut tarbiyachi-pedagogi Abdurahmon Kamolov, TTJ boshlig’i Teshaboyev Xusanboy, fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosarlari, bir guruh professor-o’qituvchilar hamda 136 nafar talaba-yoshlar istirok etdilar.


Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i A.Dehqonov kirish so’zi bilan ochdi va olib bordi.
Uchrashuvda so’zga chiqqanlar yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda yoshlarga ko’rsatilayotgan e’tibor va g’amho’liklarga to’xtalilib, sport sohasiga oid yutuqlarimizni e’tirof etdilar. Yig’ilganlar institutning iftixori bo’lgan S.Murodillayevning erishgan yutuqlari bilan tanishdilar. U sport sohasida ustozlari mehnatini alohida e’tirof etdi. Yig’ilganlarga faqatgina mashaqqatli mehnat, tinimsiz mashq, qat’iyat muvaffaqiyatlar kaliti ekanini ta’kidlab, sport bilan shug’ullanayotgan tengdoslariga bir qator maslahatlar berdi va ularga omadlar tiladi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Ushbu tadbir Namangan televideniyasi tomonidan tasvirga olindi va efirga uzatildi.

QABUL KOMISSIYASI RAISLARI
Prezident qaror va farmonlari
Mavzuga oid
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmpi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward