phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Nogironlikka doir imtiyozlarga alohida e’tibor qaratilgan (Ikki foizli kvota)


 Namangan muhandislik-qurilish institutida qabul jarayonlari davom etmoqda. Abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi bo’lgan shaxslar uchun qo’shimcha ikki foizli davlat granti asosida kvota ajratildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 - iyuldagi 1- son bayoni bilan 2019/2020 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi bo’lgan shaxslar uchun qo’shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko’rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi .
Unga ko’ra respublikadagi 89 ta OTMda jami 2068 ta kvota ajratilgan. Kunduzgi – 1629 ta
Sirtqi – 400 ta
Kechki – 39 ta
Jumladan, institutimizga ham kunduzgi bo’limga – 22 ta, sirtqi bo’limga esa 5 ta kvota ajratilgan. Institutda nogironligi bo’lgan shaxslardan xujjatlar qabul qilish uchun quyidagi tarkibda komissiya faoliyat olib bormoqda. Ibrohim Toshpo’latov – institut psixologi, komissiya rahbari, Xayrinisa Abdullayeva – Namangan shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko’p tarmoqli markaziy poliklinikasi vrachi – a’zo, Zarifa Azizova institut sog’lomlashtirish punkti hamshirasi – a’zo, Dildora Djo’rayeva “Materiallar qarshiligi va mexanika”kafedrasi laboranti-texnik xodim. Bugungi kunga qadar institutga jami 25 nafar nogironligi bo’lgan abituriyentlar xujjat topshirdilar.