phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Institutda 2019/2020 o’quv yili uchun qabul davom etmoqda (imtiyozlar xususida)


  O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4-iyuldagi 1-son bayoni bilan 2019/2020 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan “Mehribonlik uyi” va “Bolalar shaharchasi” ning bitiruvchilari bo’lgan chin yetimlar uchun qo’shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko’satkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.Unga ko’ra respublikadagi 89 ta OTMda jami 1035 ta kvota ajratilgan.
Kunduzgi – 815 ta.
Sirtqi – 200 ta.
Kechki – 20 ta.
Shuningdek, OTMlarga umumiy belgilangan qabul ko’rsatkichlariga nisbatan huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo’shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo’shimcha uch foizli davlat granti asosida qabul ko’rsatkichlarining OTMlar va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Unga ko’ra respublikadagi 89 ta OTMda jami 551 ta kvota ajratilgan. Institut qabul jarayonlarida yuqorida ta’kidlangan foizli davlat grantlari bo’yicha abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish va ularni nazorat etishda qabul komisssiyasi mas’ul kotibi Ahmadjon To’xtaboyev va mas’ul kotib o’rinbosari Qahramon Inoyatovlar samarali faoliyat tashkil etmoqdalar.