phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Belarus davlatiga tashrif


Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori S.I.Umarxonov 2019 yil 22 iyul - 5 avgust kunlari O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish bo’yicha Belarus davlatiga tashrif buyurdi. O’zbekistondan 15 nafar oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’icha prorektorlari hamda 15 nafar ilmiy-tadqiqot institutlari direktor o’rinbosarlari Belarus davlatining 10 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari, texnopark va yuqori texnologiyalar markazlarida bo’ldi. Ular olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va erishgan yutuqlari bilan tanishdi.

Prorektor safari davomida Belarus davlatining 4 nafar oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Belarus davlat milliy texnika universiteti, Belorus davlat informatika va radiotexnika instituti, Brest davlat texnika universiteti hamda Belarus davlat texnologik universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. Prof. A.V.Chigareva, dots. N.I.Gorbacha muallifligidagi “Teoreticheskaya mexanika” o’quv qo’llanmasi, M.D.Podskrebko muallifligidagi “Soprotivleniye materialov”, “Soprotivleniye materialov” (praktikum po resheniyu zadach), «Soprotivleniye materialov» (Osnovi teorii uprugosti, plastichnosti, polzuchesti i mexaniki razrusheniya) nomli 15 ta darslik va o’quv qo’llanmalar olib kelib, institut professor-o’qituvchilari va talabalari foydalanishlari uchun institut Axborot resurs markaziga taqdim etdi.

O’zbekiston hamda Belarus davlatlari tomonidan olib borilayotgan islohotlar oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.