phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Elektron jurnal tizimi faoliyati


  Mamlakatimizda Oliy ta’lim sohasi jadal rivojlanmoqda. Shu o’rinda aytish joizki hozirda jamiyatimiz taraqqiyotini kompyuter texnologiyalari, internetsiz tasavvur etish va faoliyat olib borish qiyin. Shu masala bo’yicha institutimizda internetdan foydalanishni samaradorligini oshirish maqsadida “Iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan elektron jurnal faoliyati ishga tushirilmoqda. Ushbu elektron jurnal tizimi afzalliklari: har bir foydalanuvchi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni topishda vaqt masalasida katta ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi o’z faoliyatini elektron jurnal tizimi sifatida institut saytiga joylashi va shu orqali faolyati haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilishi mumkin. Misol tariqasida “Elektron jurnal”da foydalanuvchi uchun kerak bo’lgan o’qituvchining ismi, familiyasi, otasining ismi, pasport seriyasi, raqami mavjud. Bundan tashqari o’qituvchining ta’lim sohasidagi islohotlarga javoban ish faoliyatidagi yutuqlari, sohaga daxldor yangiliklar, yashash manzili hamda har bir fan yuzasidan ishchi dastur ham taqdim qilinadi. Bu borada kafedra mudiri, dots.I.Soliyev, dots.R.Botirova hamda kafedra o’qituvchilaridan E.Jo’rayev, U.Xolmirzayevlar birgalikda elektron jurnal faoliyatiga va uning takomillashuvi borasida izlanishlarni davom ettirmoqdalar.
Bugun kompyuter texnologiyalari rivojlanib borayotgan vaqtda foydalanuvchilar kompyuter qurilmalaridan to`liq foydalana olishlari talab qilinmoqda. Hozirgi zamon fani va texnikasining jadal ravnaqi muhandis-pedagog xodimlarning nihoyatda yuksak bilim saviyaga ega bo’lishini, binobarin, oliy o’quv yurtlarida ularni tayyorlash usul-uslubini muttasil takomillashtirishni taqozo etmoqda.