phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Ustozlar mehnatining samarasi


  Mamlakatimiz rahbari tashabbuslarini qo’llab-quvvatlagan ustozlar o’zlari o’qigan maktablarga tashrifi davom etmoqda. “Avtomobil yo’llari va aerodromlari” kafedrasi rahbari Qahramon Inoyatov Uchqo’rg’on tumanidagi 38-maktabda dars o’tdi. Do’stlar davrasida o’tgan o’quvchilik davri, ustozning onalarcha mehribonligi, otalarcha g’amho’rligi bugungidek uning yodida. Ustoz sinf xonasiga kirib borar ekan, mustaqil hayotda erishgan barcha yutuqlariga shukrona keltirdi. “Ustozlar mehnatining samarasi- bu bizning to’g’ri kasb tanlaganimiz, xalqimiz farovonligi uchun halol mehnatimizdir”,- deb ta’kidladi Q.Inoyatov. U maktab oquvchilariga ta’lim va tarbiyaning tub nigezida mashaqqatli mehnat va kelajakka ishonch mujassamligini aytib o’tdi. Bu tushunchalar egiz ekanligi, birini biridan ayro ko’rsatib bo’lmasligini tahlil qilib berdi.
Kun sayin gullab-yashnayotgan O’zbekistonimiz bag’rida farzand bo’lib tug’ilish va yashash baxtini hech narsa bilan alishtirib bo’lmasligi, keng ko’lamli islohotlarni targ’ib etish va unga amal qilish, ayniqsa, 5 ta tashabbus doirasida qilinayotgan ishlar mazmun-mohiyatiga alohida urg’u berdi. Zero, bu yo’lda har kimning o’z vazifalari bor. Q.Inoyatov suhbat chog’ida institut faoliyatiga to’xtaldi. Xususan, o’z mutaxassisligi doirasida o’quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. Zukko yigit-qizlarga esdalik sovg’alarini taqdim etdi.