phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


26-MEHRIBONLIK UYI TARBIYALANUVCHILARI ISHTIROKIDA TADBIR


Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalar turar joyida viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli 26-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirokida 2019-2020 o’quv yilida birinchi kursga qabul qilingan talabalarni qutlash uchun tadbir tashkil etildi.
Tadbirni institut Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori O. Jakbarov kirish so’zi bilan ochib berdi. Shundan so’ng jajji bolajonlar tomonidan o’zlari tayyorlab kelgan kuy va raqslari namoyish etildi.Ularning chiqishlari barcha ustozlar va talabalarning olqishlariga sazovor bo’ldi. Ushbu tadbirda “Muzaffar so’z” adabiy klubi rahbari A.Kamolov o’z she’rlaridan o’qib berdilar.Tadbirda YoBIB dekan o’rinbosarlari S.Majidov, B.Nabiyev, G’.Tuxliyev, M.Xo’jaxanov, A.Mamadaliyev, X.Nishonovlar ishtirok etdilar.

Tadbir so’ngida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga 50 dan ortiq badiiy kitoblar sovg’a qilindi.