phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Umr o’tar, vaqt o’tar


  Bugun 2019 yil 11-sentabr kuni “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi mudiri G’ofurjon Shermatov bolalikning o’chmas xotiralariga guvoh makon- To’raqo’rg’on tumanidagi 45-maktabga tashrib buyurib, ustozlar va o’quvchilar bilan uchrashdi va dars o’tdi. “Vatan”, “Ona” so’zlarining naqadar ulug’vorligi, uning tafti, mehri haqida ilk ustozlardan eshitgan tushunchalari bugungidek qulog’I ostida jaranglaydi. Bolalik umr bahori. Do’stlar davrasida shodon ulg’ayish, ilm olish, qo’shiqlar kuylab, katta bo’lishga intilgan ko’ngillar bugun ortga boqib, xotiralarini bolajonlar bilan yodga olmoqda. A’lo o’qish, jamoatchi bo’lish, aniq bir maqsadlarga intilish- ustozni kamolotga yetkazdi.
Maktab direktori Isomiddin Qosimov, 11-sinf rahbari Sadoqat G’ofurova ustozga hamroh bo’ldilar. Suhbat chog’ida G’.Shermatov eng avvalo, har kim o’zi uchun intilsa, bilim yo’lida kecha-yu kunduz sa’yi harakatda bo’lsa, mehnatlari bir kun natija berishini aytib o’tdi. Yana u ta’kidladiki, yurtboshimizning yaratib berayotgan imkoniyatlaridan to’g’ri va o’z vaqtida foydalanmaslik xalqimiz iborasi bilan aytganda “to’qlikka-shoxlikdir”, vaholangki, vaqt hech qachon kutib turmaydi. Xattoki u shoir Omon Matchonning “Umr o’tar, vaqt o’tar” she’ri orqali ustozlarni e’zozlash, yoshlikni betakror onlarini shirin xotiralar bilan o’tkazishga chaqirdi.
Umr o’tar. (Omon Matchon)
Umr o’tar, vaqt o’tar,
Xonlar o’tar, taxt o’tar,
Omad o’tar, baxt o’tar,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan,
Sening yurishlaring, sening kulishlaring.
Bahorda bog’na go’zal,
Qor tushsa, tog’ na go’zal,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan,
So’zsiz qarashlaring, holim so’rashlaring.
G’.Shermatov maktab direktoriga o’z esdalik sovg’asini va faol o’quvchilarga kitoblar taqdim etdi. Ustozlar va o’quvchilar ushbu darsdan mamnun bo’ldilar.