phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


O’zbek matematik olimlari haqida suhbat-viktorina


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.  2019 yil 14 sentabr kuni “Oliy matematika” kafedrasi professor-o’qituvchilari viloyatimizning Uychi tumanidagi 6-o’rta maktabda prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo’yicha “O’zbek matematik olimlari haqida suhbat-viktorina” tashkil etdildi. Tadbirda “Oliy matematika” kafedrasi mudiri dots. I.Gafarov, professorlar V.Xojibayev, Yu.Oppoqov, dots. O.Egamberdiyev va katta o’qituvchi I.Sheraliyevlar ishtirok etdilar. Insonning kamol topishida, jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishida, ilmiy izlanishlarida kitobning o’rni va ahamiyati katta ekanligi aytib o’tildi. O’zbek matematik olimlaring yuksak natijlarga erishishlarida kitoblar aql charhi vazifasini o’taydi. Nafaqat aniq fanlarga doir adabiyotlar balki, badiiy adabiyotlarning ahamiyati to’g’risida ham o’z fikr- mulohazalarini bildirishdi.
nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. Kitob tadbiri asosan savol-javob shaklida bo’lib o’tdi. Maktab o’quvchilari bir qator matematik olimlar nomlarini sanab o’tdilar va o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, fikr - mulohazalari bilan o’rtoqlashishdilar. Uchrashuvda faol ishtirok etgan o’quvchilarga kafedra nomidan kitoblar sovg’a qilindi.