phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


CHEMPION - YOSHLAR BILAN


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.  2019 yil 14 sentabr kuni 2019 yil 19-24 avgust kunlari sportning voleybol turi bo’yicha Nepal davlatida o’tkazilgan Markaziy Osiyo hududiy chempionati musobaqasida O’zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etib, faxrli 2-o’rinni egallagan Namangan muhandislik-qurilish instituti Qurilish fakulteti 41-QHАLTE-15 guruh talabasi I.Аbdulazizov Kosonsoy tumanidagi o’zi o’qigan 37-umum ta'lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv va mahorat darsi o’tkazdi. Uchrashuvda institut yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori O.Jakbarov, Qurilish fakulteti dekani А.To’xtaboyev, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo’limi uslubchisi J.Nodirov, “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi mudiri Sh.Maqulov, kafedra professor-o’qituvchilari hamda “NamMQI-Parvoz” sport klubi a'zolari, Kosonsoy tuman xalq ta'limi mudiri, maktab o’qituvchilari va o’quvchilar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida I.Аbdulazizovning birinchi murabbiyi N.Mo’minov, I.Аbdulazizovning akasi M.Odilxonov, “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi mudiri Sh.Maqulov hamda I.Аbdulazizovga Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor O.Jakbarov tomonidan institut rektorining tashakkurnomalari hamda qimmatbaho sovg’alari (gimnastika halqasi, futbol, voleybol, gandbol, basketbol to’plari, 32 dyumli televizor) topshirildi.
nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. Shuningdek, maktabda maktab o’quvchilari tarkibidan tashkil etilgan o’g’il bolalar voleybol jamoasiga I.Аbdulazizov tomonidan master klass o’tkazildi.