phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Ta’limdagi yangiliklar va munosabat


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.  2019 yil 13 sentabr kuni Qurilish-texnologiya fakulteti dekani S.Razzaqov O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 11.09. 2019 kungi № 87-01-573 sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida talabalar bilan yig’ilish o’tkazdi. U yig’ilishda talabalarga 2019 yilda oliy ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt asosida o’qitish qiymatining o’rnatilishi, talabalarni o’qitishga sarflanadigan harajatlarni qisman qoplashni nazarda tutuvchi ijtimoiy himoyalangan bazaviy to’lov-kontrakt miqdorlari belgilanganini aytdi. Shu bilan birga, talabalarga to’lovlarni amalga oshirishda yengillik yaratish, aholining keng qatlami uchun oliy ta’limning hammabopligini ta’minlash maqsadida yangi o’quv yilidan boshlab, to’lov-kontrakt qiymati miqdorlarini ikki xil ko’rinishda- –“Stipendiyali” va “Stipendiyasiz”amalga oshirish imkoniyati yaratilishiga to’xtaldi. Shuningdek, O’quy-uslubiy bo’lim boshlig’i T.Jo’rayev aholiga yengillik yaratish uchun kontrakt summalarini oyma-oy to’lab borish imkoni berilishi, iqtidorli talabalarni rag’batlantirish maqsadida stipendiya tayinlanishi bo’yicha tushunchalarni tahlil qilib berdi. Talabalarni ega bo’lgan tushunchalari yuzasidan oilada ota-onalarga ma’lumotlarni to’g’ri yetkazishga chaqirdi.
nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. Institut bosh hisobchisi E.Yo’ldoshev stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to’lanishi belgilanayotgan 400 000 so’m bir yilda jami 4800 000 so’mni chegirib tashlash hisobiga shakkilantirilishi ko’zda tutilayotganini aytib o’tdi. Talabalarga bunday o’zgarishni jamoatchilik orasida ham to’g’ri talqin etish vazifasi berildi.